Саламат Авезов

| |

Inson manfaati ustuvor

Сана: Oktyabr, Noyabr 2016  |  Муаллиф: M. SAFAROVA  |  Манба: «Qo’ng’iroq» gazetasi  |  Ўқилди: 1880Шарҳ 0

Yurtmizda yoshlarning barkamol bo'lib kamol topishi, jamiyatda o'zlarining munosib o'rinlarini egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ertangi kunimizning davomchilari bo'lmish yoshlarning erishayotgan yutuqlari qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarini ko'zimiz bilan ko'rib, qulog'imiz bilan eshitganimizda beixtiyor ko'ngilimiz quvonchga, faxrga to'ladi: Faxr; iftixor tuyg'usi bilan yashash baxt. Shu go'zal vatanda, jannatmakon yurtda yashayotgan har bir fuqaro yaxshi va baxtiyor yashashga haqli. Buni chin dildan his qilib yashayotgan yana bir toifa insonlar bor, hayotga o'zgacha nigoh bilan boqadi, ular hayotni boricha sevadi, undan zavq olib; hayratlanib yashashga intiladi.

Hayot sinoatlarga boy. Inson ongta-fakkuri, matonati oldida esa har qanday sinoat ojiz. Hayot qiyinchiliklari, mashaqqatlarini yengib o'tishda o'zida kuch topa bilgan insonlarni ko'rganimizda ularning mustahkam irodasi oldida lol qolamiz. Irodali insongina chinakam baxtga erishadi deyishadi. Bu gapning to’g’riligiga oramizda imkoniyati cheklangan ayrim insonlarning hayot uchun kurashib, mehnati, iqtidori, alohida qobiliyati orqali jamiyatda o'z o'rnini topayotganliklarida ko'rib amin bo'lasiz.

2005 yildan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan O'zbekiston maxsus olimpiya jamoat birlashmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limida tarbiyalanayotgan bolalar o'z qiziqishlari va imkoniyatlariga qarab turli to'garaklarga qatnashib kelmoqda. Mazkur internatda tarbiyalanayotgan tarbiyalanvuchilar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishsangiz kishi bizning jamiyatda hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmayotganligiga guvoh bo'lasiz. Kashtachilik, qo'l mehnati, pazandachilik, to'qish, sport to'garaklari muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Ayniqsa rasm chizish bilan shug'ullanayotgan Oruxon Kuvonchboyeva o'z kechinmalarini oq qog'ozga mohirlik bilan tasvirlasa, Nozlimxon Kuvonchboyeva yaratgan liboslarda o'ziga xos yondashuvni ko'rish mumkin.

Bundan tashqari, sportning yengil atletika turi bo'yicha Buxoro shahrida o'tkazilgan olimpiadada ishtirok etgan Umrniyoz Nurniyozov faxrli 1-o'rinni egallagab, Xitoyning Shanxay shahrida o'tkazilgan olimpiadada, Belgiya davlatida o'tkazilgan Evropa xalqaro yozgi olimpiadasida stol tennisi turnirida 1-o'rinni qo'lga kiritib, medal bilan taqdirlangan. Muhammad Turmonov eshkak eshish sport turi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi bo'lish baxtiga erishdi. Anjelina Sharofaddinova bo'lsa yengil atletika bo'yicha Toshkent shahrida o'tkazilgan "Umid nihollari" musobaqasida yengil atletikaning badiiy gimnastika bo'yicha qatnashib 1-o'ringa sazovor bo'lgan.

— Bizning bolalarimiz juda qobiliyatli, shu bilan birga ko'ngli nozik ham. Ammo, ular juda ziyrak, juda bardoshli. Ularning qalbiga quloq tutsangiz o'z dunyolari, o'z hayotlari bor. Olamni o'zgacha tasavvur qili-shadi ular. Shuni alohida ta'kidlashni istardimki, davlatimiz tomonidan otalarcha g'amxo'rlik, e'tibor tufayli ko'ngli o'ksik insonlarning dardiga malham bo’lishdek olijanob ishlar amalga oshirilmoqda. Kam ta'minlangan oilalar, yordamga muhtoj, nogiron insonlarga yordam qo'lini cho'zish, ularni har tomonlama qo'ilab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilinmoqda. Biz oqibatli xalqmiz, - deydi O'zbekiston maxsus olimpiya jamoat birlashmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi boshlig'i Gulshod Turimbetova.

O'zbekiston go'zal, bag'rikeng, insonparvar yurt, Ertangi yorug' kelajak uchun ulug'vor rejalar, ezgu amallarni amalga oshirishni maqsad qilgan diyor. Bunda albatta, inson manfaati, qadri, sha'ni mustahkam himoyalanadi. Bunga shubha yo'q.

M.SAFAROVA

Манба: «Qo’ng’iroq» gazetasi №10-11 (19-20), Oktyabr, Noyabr 2016 yil

Ўзбекча | Русский | Қарақалпақша

Қидириш

Хизмат кўрсатиш

Асосий саҳифа

Рукн

Меҳр қўлларимизни чўзайлик

Ўз ҳуқуқингизни биласими?

Маълумотнома

Қорақалпоғистон Республикасидаги алоҳида эҳтиёжли кишилар учун фаолият юритаётган муассаса ва ташкилотлар

Ҳамкоримиз





Б
л
и
ц
-
М
а
ъ
л
у
м
о
т

Тўлиқ исм-шарифим: Авезов Саламат Юлдашевич.
Туғилган санам: 1983 йил 27 июль.
Туғилган жойим: Нукус шаҳри.
Маълумотим: ТАТУ Нукус филиали «Ахборот Технологиялари» факультети.
Мутахассислигим: Информатика ва ахборот технологиялари, Веб-дизайнер.
Буржим: Арслон.
Мучалим: Тўнғиз.
Бавтафсил...

Go to Top