Саламат Авезов

| |

Nukusda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun “Siz oʻz huquqingizni bilasizmi?” mavzusida seminar oʻtkazildi

Сана: 10.09.2018  |  Муаллиф: www.YI.uz  |  Манба: www.YI.uz  |  Ўқилди: 2408Шарҳ 0

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi”ning direktori Raʼno Shodiyeva boshchiligidagi masʼul xodimlar 17-19 sentabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib, imkoniyati cheklangan bolalar bilan suhbat qildi, ayrimlarining uyiga borib, holidan xabar olishdi.


 

Kunning birinchi yarmida Markaz xodimlari Nukus shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Nukus shahrida istiqomat qilayotgan nogironligi boʻlgan 200 nafar yoshlarga “Siz oʻz huquqingizni bilasizmi?” mavzusida seminar-trening oʻtkazishdi.

– Hozirgi kunda imkoniyati cheklangan yoshlarga davlatimiz tomonidan katta imkoniyatlar eshigi ochilgan. Buni koʻpchilik yoshlar bilmaydi, foydalanmaydi. Ularga oʻz huquqlaridan qanday foydalanish boʻyicha amaliy yordam kerak. Biz shuning uchun Qoraqalpogʻistonga kelganmiz. 3 kun davomida Qoraqalpogʻistonning eng chekka hududlaridagi imkoniyati cheklangan yoshlarga oʻz huquqlarini, ulardan qanday foydalanishni oʻrgatamiz“, – deydi markaz direktori Raʼno Shodiyeva.

“Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi” Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan yoshlarning manzilli roʻyxatini oʻrganib, chekka hududlardagi bolalarning yashash sharoitlari, ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, koʻmakka muhtoj yoshlarga psixologik yordam koʻrsatishni maqsad qilgan holda Qoraqalpoq elida faoliyatini davom ettirishmoqda.

Manba: Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi sayti

Ўзбекча | Русский | Қарақалпақша

Излеў

Хызмет көрсетиӯ

Тийкарғы бөлим

Рубрика

Меҳир қолларымызды созайық

Өз ҳуқықыңызды билесиз бе?

Go to Top